Pokistonda polisiya va Imron Xon tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda

Pokistonda polisiya va Imron Xon tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda

Pokistonda polisiya va sobiq bosh vazir Imron Xon tarafdorlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Mahalliy matbuotning yozishicha, mamlakat Jinoyat kodeksining bir necha moddalari bilan ayblangan siyosatchini hibsga olish haqidagi sud qaroriga qarshi norozilik namoyishlari 14 mart kuni oqshomdan beri davom etmoqda.

Ayrim joylarda namoyishlar polisiya xodimlari va sobiq bosh vazir tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga aylangan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 33 nafar huquq-tartibot xodimi yaralangan, namoyishchilar orasida hibsga olinganlar ham bor.

Sobiq bosh vazirning Lahor viloyatidagi uyi polisiya tomonidan o‘rab olingan, tartibni saqlash uchun harbiylashtirilgan kuchlar jalb qilingan.

Adolat harakati partiyasi rahbari Imron Xonning o‘zi Twitter'da polisiya namoyishchilarga qarshi suv purkagichlardan foydalanayotgani haqida xabar bergan. Siyosatchi polisiya uning uyiga ham ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz sepganligini qo‘shimcha qilgan.

Uning fikricha, rasmiylar uni ushlab, keyin o‘ldirishga harakat qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!