Pokistonda miting: talabalar O‘zbekiston diplomi tan olinishini talab qilishmoqda

Pokistonda miting: talabalar O‘zbekiston diplomi tan olinishini talab qilishmoqda

Pokiston poytaxti Islomobodda yuzlab shifokorlar va talabalar ikki kun davomida O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi tibbiyot muassasalarining diplomlarini tan olishni talab qilgan holda miting o‘tkazdilar.

Tibbiyot muassasalarini bitirgan ikki mingga yaqin talaba va fuqarolar 7 yanvar kuni Pokiston Tibbiy komissiyasi binosiga yig‘ildilar. Bir kun oldin ularni polisiya suv purkagich va tayoq yordamida tarqatib yuborgan. Bunga javoban namoyishchilar xavfsizlik kuchlariga tosh otishdi. Namoyishchilarning bir qismi hibsga olingan va keyinchalik qo‘yib yuborilgan.

Avvalroq Pokiston Qirg‘izistonning barcha tibbiyot universitetlarini "qora ro‘yxat"ga kiritgan edi. Buning sababi shundaki, ushbu ta’lim muassasalarini tugatgan pokistonliklarning 90 foizi o‘z vatanida tibbiy komissiyaning majburiy tekshiruvidan o‘ta olmaganligi va ularning diplomlari tan olinmaganligi edi. Ushbu ro‘yxatga O‘zbekistondagi oltita oliy o‘quv yurtlari ham kiritilgan.

Qirg‘iziston Ta’lim va fan vazirligi bundan buyon oliy o‘quv yurtlariga yangi talablar — xalqaro akkreditasiyadan o‘tish, chet elliklar uchun xizmatlar sifatini oshirish, universitetlarning moddiy-texnik, laboratoriya va klinik bazalarini jihozlashni kuchaytirishga va’da berdi.

Noyabr oyida Pokiston tibbiy komissiyasi to‘rtta Qirg‘iziston universiteti — I.Axunboyev nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi, O‘sh davlat universiteti, Qirg‘iz-Rossiya Slavyan universiteti va Xalqaro tibbiyot oliy maktabi "qora ro‘yxat"dan chiqarildi. Shu bilan birga, Qirg‘izistonning 12 ta tibbiyot universiteti Pokistonning "qora ro‘yxati"da qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!