Pokistonda harbiy vertolyot g‘oyib bo‘ldi

Pokistonda harbiy vertolyot g‘oyib bo‘ldi

Pokistonda yana bir falokat yuz berdi. Xabarlarga ko‘ra, 6 soatdan ortiq vaqt davomida 6 nafar harbiy, jumladan, general-leytenant Sarfaroz Alini olib ketayotgan harbiy vertolyot taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Pokiston armiyasidan berilgan bayonotga ko‘ra, bir guruh harbiy xizmatchi, Balujiston viloyatidagi suv toshqini munosabati bilan boshlangan yordam ishlarini o‘rganish uchun vertolyotda mintaqaga yetib borgandi.

Vaziyat bilan tanishgach, bortida 6 nafar harbiy xizmatchi, jumladan general-leytenant Sarfaraz Ali bo‘lgan vertolyot Karachi tomon yo‘l oladi.

Balujistondan jo‘nab ketganidan 6 soat o‘tgach, vertolyot aloqaga chiqmadi, shu sababli qidiruv-qutqaruv ishlari boshlandi.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif o‘z tvitida vertolyotdagi vaziyatni “tashvishli” deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!