Pokistonda dahshatli YTH: Mikroavtobus ag‘darilib, yonib ketishi natijasida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Pokistonda dahshatli YTH: Mikroavtobus ag‘darilib, yonib ketishi natijasida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Pokistonda yo‘lovchi tashuvchi mikroavtobus ag‘darilib, yonib ketishi oqibatida 13 kishi vafot etdi. 

Ma’lum qilinishicha, transport vositasida kamida 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Besh kishi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.

Mikroavtobusning oldida bo‘lgan avtomobil kapoti uchib kelayotganini ko‘rgan mikroavtobus haydovchisi tormozni bosgandan so‘ng, avtomobil ag‘darilib ketgan. Voqea joyiga polisiya xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar va tibbiyot xodimlari yetib kelishdi.

Ma’lum qilinishicha, yo‘lning ushbu qismida transport harakati to‘xtatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!