Pokiston 1 milliondan ortiq noqonuniy afg‘on muhojirlarini deportasiya qilmoqda

Pokiston 1 milliondan ortiq noqonuniy afg‘on muhojirlarini deportasiya qilmoqda

Pokiston hukumati respublikada noqonuniy yashayotgan 1,1 millionga yaqin afg‘on fuqarolarini deportasiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilganini e’lon qildi.

Bu haqda Geo telekanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, vizasiga ega bo‘lmagan afg‘onlar, jumladan, tegishli hujjat muddatini uzaytirish rad etilgan shaxslar deportasiya qilinadi. Telekanal ta’kidlaganidek, reja allaqachon ma’qullangan va “barcha manfaatdor tomonlar va Afg‘oniston hukumati bilan” muvofiqlashtirilmoqda.

O‘tgan hafta Geo TV Pokistonda noqonuniy yashayotgan xorijliklarga mamlakatni o‘z ixtiyori bilan tark etishlari uchun bir oy muddat berilishi haqida xabar bergan edi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Pokistonda 1,1 millionga yaqin Afg‘oniston fuqarosi noqonuniy yashab kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!