Pilla yetishtirishda to‘liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadi

Pilla yetishtirishda to‘liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadi

Pilla yetishtirish bilan bog‘liq quyidagi ishlarda to‘liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadi:

▫️ tut urug‘i tayyorlash;

▫️ tut nihollari va tut ko‘chatlari yetishtirish;

▫️ tut ipak qurti urug‘larini inkubatoriyalarda jonlantirish;

▫️ tut ipak qurti parvarishlash;

▫️ tirik va quriq pillani saralash;

▫️ tirik pillani quritish;

▫️ pillani qo‘l kuchi yordamida tashish;

▫️ pilladan namunalar olish (laboratoriyada saralash uchun);

▫️ urug‘chilik korxonalarida kapalaklarni jinslarga ajratish;

▫️ tut ipak qurti urug‘larini mikrotahlildan o‘tkazish;

▫️ tut ipak qurti urug‘lariga ishlov berish;

▫️ tut ipak qurti urug‘larini qishlash davridagi ishlar;

▫️ tut ipak qurti urug‘larini qadoqlash va yorliqlash.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!