Pike "jinnicha" taklif bilan chiqdi

Pike "jinnicha" taklif bilan chiqdi

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Jerar Pike futbolni qiziqarliroq qilish uchun durangni bekor qilish tashabbusi bilan chiqdi.

- Agar siz futbolda bitta qoidani o‘zgartirishingiz mumkin bo‘lsa, u qanday bo‘lardi?

- Biz ko‘proq gol urilishi yoki o‘yinning durang bilan yakunlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yo‘llarini topishimiz kerak. Ehtimol, durang natijani bekor qilishimiz kerakdir. Nega endi yo‘q? Beysbol yoki basketbolda hech qanday durang yo‘q. Siz o‘yinga borasiz, u durang bilan tugaydi va siz "Kim g‘alaba qozondi?" degan tuyg‘uni his etasiz.

"Futbol o‘zgarishlardan qo‘rqadi. Bu juda katta tarix va an’anaga ega, lekin o‘zgarish bo‘ladi, bo‘lishi kerak. Yangi avlod uchun 0:0 hisobida yakunlanishi mumkin bo‘lgan 90 daqiqalik o‘yinni tushunish qiyin", – dedi Pike.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!