Peskov: Rossiya Armanistonning KXSHTdagi to‘liq ishtirokini tiklashiga umid qilmoqda

Peskov: Rossiya Armanistonning KXSHTdagi to‘liq ishtirokini tiklashiga umid qilmoqda

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Armaniston oxir-oqibat KXSHTdagi ishtirokini to‘liq tiklaydi, degan umidda ekanini bildirdi.

Bu haqda u “Rossiya 1” telekanali jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Armanistonning pozisiyasi hammaga ma’lum, deb yozadi “TASS”.

"Biz hamma narsada kelisha olmaymiz, chunki KXSHT dolzarbligicha qolmoqda", dedi u.

Peskov Yerevan oxir-oqibat tashkilotdagi ishtirokini tiklashiga umid bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!