Pentagon rahbari AQSH-Xitoy mojarosining "dahshatli oqibati" haqida ma’lum qildi

Qo‘shma Shtatlar Xitoy bilan mojaro bo‘lishini istamaydi va voqealarning xuddi shu tarzda rivojlanishini dahshatli deb hisoblaydi.
Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Pit Xegset Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
"Biz kommunistik Xitoy bilan ziddiyat izlayotganimiz yo‘q. Bunday natija dahshatli bo‘ladi", - dedi u.
Amerika mudofaa vazirligi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar yetarlicha kuchli bo‘lsa, mojaroning oldini olishga qodir.
Avvalroq The Washington Post gazetasi "Muvaqqat strategik milliy mudofaa yo‘riqnomasi" deb nomlangan hujjatga tayanib, Pentagon Xitoyni yagona doimiy tahdid deb bilishini yozgan edi.
Xitoy Xalq Respublikasi Mudofaa vazirligi vakili, katta polkovnik Chjan Syaogan OAV xabarlariga izoh berar ekan, Qo‘shma Shtatlar Xitoyni tahdid sifatida ko‘rib, jiddiy strategik xatoga yo‘l qo‘yayotganini aytdi.