Pentagon NUJlar bo‘yicha tadqiqot guruhi tuzmoqchi

Pentagon NUJlar bo‘yicha tadqiqot guruhi tuzmoqchi

Pentagon Harbiy-havo kuchlari uchuvchilari duch kelgan noma’lum uchar ob’ektlarni tekshirish uchun ishchi guruh tuzmoqda, deya xabar beradi CNN.

Ushbu ishchi guruhni Mudofaa vazirining o‘rinbosari Devid Norkvist boshqarishi ma’lum qilinmoqda.

Ta’kidlanishicha, oldinroq mamlakatning Harbiy-dengiz kuchlari ushbu muammoni aniqlashga uringan, vaholanki, aynan ular tomonidan bir qancha noma’lum uchar jismlar qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi ishchi guruh tuzilishi haqida axborot yaqin kunlarda rasman e’lon qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!