Pentagon AQShning Kiyevga yuborgan harbiy yordam miqdorini hisoblab chiqdi

Pentagon AQShning Kiyevga yuborgan harbiy yordam miqdorini hisoblab chiqdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari ittifoqchilari bilan birgalikda Kiyevga 65 milliard dollar miqdorida harbiy yordam berdi, dedi Pentagon rahbari Lloyd Ostin Ukraina mudofaa bo‘yicha aloqa guruhining onlayn yig‘ilishida.

“[Rossiya prezidenti Vladimir] Putin bizning qarorimiz so‘nishiga umid qilgan edi. U bizning birligimiz buziladi, deb o‘ylagan edi. Buning o‘rniga biz har doimgidek birdam bo‘lib qolamiz”, dedi Ostin.

Pentagon rahbarining ta’kidlashicha, aprel oyida bo‘lib o‘tgan aloqa guruhining so‘nggi yig‘ilishidan buyon Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 1,8 milliard dollar miqdorida qo‘shimcha yordam ajratgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!