Pentagon: AQSh va ittifoqchilarning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uchrashuvi 12-13 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Pentagon: AQSh va ittifoqchilarning Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uchrashuvi 12-13 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi

12—13 oktyabr kunlari Bryusselda AQSh hamda Yevropa Ittifoqi va NATO ittifoqchilarining Ukraina bo‘yicha aloqa guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Pentagon.

“Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhi 12 va 13 oktyabr kunlari Bryusselda yana yig‘ilish o‘tkazadi”, — deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Qayd etilishicha, avvalgi uchrashuvda Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga o‘zaro almashtiriladigan va bir-birini to‘ldiruvchi qurol-yarog‘ va texnika yetkazib berishni ta’minlash zarurligi haqida gapirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!