Pentagon: AQSh Ukrainadan Rossiyaga hujum qilish uchun AQSh qurollaridan foydalanmaslikni so‘radi

Pentagon: AQSh Ukrainadan Rossiyaga hujum qilish uchun AQSh qurollaridan foydalanmaslikni so‘radi

AQSh shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi, general Mark Millining ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainadan Ukraina armiyasiga yetkazib berilgan Amerika qurollaridan Rossiya hududiga hujumlar uchun foydalanmaslikni so‘ragan.

“Biz ukrainaliklardan Rossiya hududiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilish uchun AQSh tomonidan yetkazib berilgan texnikadan foydalanmaslikni so‘radik”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Avvalroq Oq uy Qo‘shma Shtatlar o‘z texnologiyasidan Rossiya hududiga hujumlar uchun foydalanishni ma’qullamasligini ma’lum qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!