Pekin shahrida Birinchi O‘zbekiston-Xitoy ta’limi Forumi o‘tkaziladi

Pekin shahrida Birinchi O‘zbekiston-Xitoy ta’limi Forumi o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida joriy yilning 22-24 yanvar kunlari Pekin shahrida Birinchi O‘zbekiston-Xitoy ta’limi Forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🔻 Mazkur Forumda O‘zbekiston va Xitoy davlatlarining 100 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari ishtirokida xitoy tili va adabiyoti, muhandislik, qishloq xo‘jaligi, AKT, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, tibbiyot va boshqa turli oliy va professional ta’lim, ilm-fan va innovasiya sohalaridagi mavzularni qamrab olgan holda tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

🔻 Ushbu Forumda ishtirok etish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori F.Ikromxonova ham Xitoy davlatiga jo‘nab ketdi.

🟡 Forum davomida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, professional ta’limni rivojlantirish, ta’limni ishlab chiqarish bilan uyg‘unlashtirish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib borish kabi yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish masalalari muhokama qilinishi belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!