“Paxtakor” o‘z maydonida yengildi

“Paxtakor” o‘z maydonida yengildi

OFK Chempionlar ligasining guruh bosqichi birinchi turida “Paxtakor” jamoasi BAAning “Al-Ayn” klubini qabul qildi.

“A” guruhidan o‘rin olgan mazkur bahs “Bunyodkor” stadionida o‘tkazildi. Uchrashuvning 11 - daqiqasida "Al-Ayn" jamoasi a’zosi Kojolo Laba hisobni ochgan bo‘lsa, 25-daqiqada Doston Tursunovning xatosidan muvaffaqiyatli foydalangan Holid Al Balushi hisobni 0:2 ko‘rinishiga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda “Paxtakor” jamoasi o‘yinni o‘z qo‘liga olmoqchi bo‘ldi, biroq futbolchilarning o‘yini qovushmadi. Oqibatda 67-daqiqada Kojolo Laba o‘z hisobiga yana bir gol yozib qo‘ydi.

O‘yin yakuniga qadar jamoalar bir necha hujumlarni uyushtirgan bo‘lsa -da, hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, “Paxtakor” va “Al-Ayn” uchrashuvi 0:3 hisobida yakunlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!