Qishki transferlar davrida «Paxtakor» tarkibini uch nafar tajribali futbolchi bilan kuchaytirdi.
Jamoaga darvozabon Sanjar Quvvatov ikki yillik tanaffusdan so‘ng qaytdi. 2019–2023 yillarda «Sherlar» safida 106 ta o‘yin o‘tkazgan Quvvatov bilan bir yillik shartnoma imzolandi. U «Paxtakor» tarkibida 5 marta O‘zbekiston chempioni, 2 martadan O‘zbekiston Kubogi va Superkubogi sohibi, shuningdek, Liga Kubogi g‘olibi bo‘lgan.
Shuningdek, "Nasaf"dagi mahorati bilan tanilgan yarim himoyachi Oybek Bozorov ham «Paxtakor» futbolchisiga aylandi. U jamoa bilan ikki yillik shartnoma tuzdi. Bozorov Superligada 165 uchrashuvda maydonga tushib, 23 gol va 32 golli uzatma qayd etgan, Osiyo klublari ishtirokidagi xalqaro musobaqalarda esa 31 o‘yin o‘tkazgan.
Bundan tashqari, tajribali chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullayev ham «Paxtakor» safiga qo‘shildi. U bilan ikki yillik shartnoma imzolandi. Nasrullayev "Nasaf" tarkibida Superligada 147 bellashuvda 10 gol va 25 golli uzatma muallifi bo‘lgan, Osiyodagi xalqaro turnirlarda esa 27 bahsda ishtirok etgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.