Pastdarg‘omda fuqarolar "fast-food" dan zaxarlandi

Pastdarg‘omda  fuqarolar  "fast-food" dan zaxarlandi

Pastdarg‘om tumanidagi fast-food sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Merals” MCHJ faoliyatiga chek qo‘yildi.

Joriy yilning 13 sentyabr kuni bir nechta fuqarolar tuman tibbiyot birlashmasiga ko‘ngil aynishi, qayt qilishi va boshqa og‘riqlar bilan murojaat qilishgan.

Holat o‘rganilganda ushbu fuqarolar Pastdarg‘om tumanidagi “Merals” MCHJdan fast-food iste’mol qilgani aniqlandi.

Hozirda mazkur holat Sanepidqo‘mita tomonidan to‘liq nazoratga olinib, surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!