Parlament sobiq kansler Sebastyan Kursni sud qilish uchun ruxsat berdi

Parlament sobiq kansler Sebastyan Kursni sud qilish uchun ruxsat berdi

Avstriya Parlamenti sobiq kansler, Xalq partiyasi yetakchisi Sebastyan Kursni deputatlik daxlsizligidan mahrum qildi, deya xabar beradi yeuronews.com.

Ushbu qaror bir ovozdan qabul qilindi, bu ajablanarli emas. Kursning o‘zi hamkorlaridan prokuraturaning ushbu iltimosini qo‘llab-quvvatlashni so‘radi. U korrupsiya ishi bo‘yicha o‘zining aybsizligini isbotlash niyatida ekanini aytdi.

Siyosatchi pora olishda ko‘maklashish va ishonchni suyiste’mol qilishda gumon qilinmoqda. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u so‘rovnomalarni soxtalashtirishga aloqador bo‘lishi mumkin.

Ushbu jinoiy ish tufayli 9 oktyabr kuni Sebastyan Kurs iste’foga chiqishini e’lon qildi. U bu qadamini katta islohotlarga tayyorgarlik ko‘rayotganda mamlakatni xaosga tushib qolishdan saqlab qolish istagi va pandemiya sabab bo‘lgan inqiroz bilan izohladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!