Hududlarda mavjud ijtimoiy muammolarni hal etishda Parlament komissiyasi tomonidan yangi tizim joriy etilmoqda.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, bandligini ta’minlash, atrof muhitni, aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish kabi ijtimoiy muammolar yechimiga yangicha tizimda yondashilmoqda.
Ayniqsa, Parlament, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi vakillari va mahalliy kengash deputatlarining joylarda mahallalar bilan muloqoti masalalarni hal etishda ijtimoiy sheriklikni yuqori darajaga ko‘tarmoqda.
Shu kunlarda ishchi guruh Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bo‘lib, mahalliy kengash deputatlari hamda mahallalar vakillari bilan birgalikda aholining dolzarb muammolarini o‘rgandi.
O‘rganishlar natijasi bo‘yicha muammolarni manzilli hal etish maqsadida hududlarga mo‘ljallangan davlat grant tanlovlari e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun: o‘tgan 2024 yilda davlat granti shaklida Qoraqalpog‘istonda 26 ta loyiha 2 mlrd. 900 mln. so‘mga, Xorazmda esa 11 ta loyiha 1 mlrd. 890 mln. so‘mga moliyalashtirilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Абдуқодир Ҳусанов сўнгги кунларда ижтимоий тармоқларда асосий кун мавзусига айланди. Кимлардир уни мақтади, олқишлади, яна кимлар эса ёмонотлиқ қилишдан ҳам қайтмади.
Маълум қилинишича, биринчи контингент Ҳиндистон, Индонезия, Бразилия ва Саудия Арабистони ҳарбийларидан ташкил топиши мумкин бўлиб, уларни Россия ва Украина чегарасига жойлаштириш кўзда тутилган. Иккинчи контингентга эса...
Tesla’нинг йирик инвестори Newsweek нашрида берган интервьюсида компания директорлар кенгашини Илон Маскни бош директор лавозимидан четлатишга чақирди.