Toshkent viloyatining Parkent tumanida avtokran qulab tushishi oqibatida mashinist vafot etdi. Holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lumot berdi.
Baxtsiz hodisa yukni bir nechta kranlar bilan ko‘tarish asosida amalga oshirilmaganligi sababli ro‘y bergan. Avtokranining og‘ib ketishi oqibatida mashinist tan jarohatlar va zudlik bilan Parkent tumani shifoxonasiga yotqizilgan. Og‘ir jarohatlar olganligi sababli u shifoxonada vafot etgan.
Ta’kidlanishicha, “Ko‘prikqurilish tresti”ga qarashli “13-Ko‘prikqurilish otryadi” “QYL-yo‘l ko‘prik qurilish ta’mir” MCHJ bilan shartnoma imzolagan. Ushbu hujjatda buyurtmachi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini kunlik tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazishi va mehnat muhofazasi tadbirlarini o‘tkazish lozim bo‘lgan band alohida ko‘rsatib o‘tilgan. MCHJ tomonidan shartnoma bandlariga rioya qilinmagani, ya’ni muntazam ravishda xavfsizlik choralarini ko‘rmaganligi sababli ushbu baxtsiz hodisa ro‘y bergan.
“Sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa Toshkent viloyati mehnat inspeksiyasi, mutaxassislari tomonidan maxsus tekshirish o‘tkaziladi va ularning xulosalari huquq targ‘ibot organlariga taqdim etiladi”, — deyiladi xabarda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.