Ozarbayjon va Armaniston 2023 yil oxirigacha tinchlik shartnomasini imzolashi mumkin

Ozarbayjon va Armaniston 2023 yil oxirigacha tinchlik shartnomasini imzolashi mumkin

Armaniston Xavfsizlik kengashi kotibi Armen Grigoryan Ozarbayjon bilan 2023 yil oxirigacha tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkin, deb hisoblashini ma’lum qildi.

"Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida juda qizg‘in muzokaralar olib borilmoqda. Agar bu shiddatlilik davom etsa va xalqaro hamjamiyat tomonidan kuchli yordam bo‘lsa, yil oxirigacha tinchlik shartnomasini imzolash imkoniyati mavjud. Biz iloji boricha tezroq kelishuv imzolashga qat’iy qaror qildik", — deb ta’kidladi Grigoryan Armaniston televideniyesi efirida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!