Oyga boradigan birinchi sayyoh kim bo‘lishi elon qilindi

Oyga boradigan birinchi sayyoh kim bo‘lishi elon qilindi

Oyga sayohat qiladigan ilk havaskor inson yaponiyalik milliarder Yusaku Mayezava bo‘ladi. Ilon Mask bu haqida kompaniyaning Los Anjelesda joylashgan bosh shtab kvartirasida bo‘lib o‘tgan marosimda malum qildi. Hozirda SpaceX bu sayohat uchun maxsus BFR raketasini ishlab chiqarmoqda.
 
Sayohatning aniq sanasi elon qilinmadi, lekin bu safar 2023 yilda amalga oshirilishi va 4-5 kun ichida borib kelinishi aytildi.
 
Hozirga kelib kompaniya NASA hamda AQSh Mudofaa Departamenti bilan parvozlar haqida bitimlar imzolagan.
 
Ilon Maskning takidlashicha, bu sayohat yangi turistik yo‘nalishni ochib beradi va keyinchalik Oyga parvozlar muntazam amalga oshirib boriladi.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!