Oyda o‘sgan ilk o‘simlik so‘lib qoldi

Oyda o‘sgan ilk o‘simlik so‘lib qoldi

Oy sirtida joylashgan xitoy zondi Chan’e-4 da o‘stirilgan ilk o‘simlik nobud bo‘ldi, deb xabar bermoqda Independent nashri. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, oydagi ilk o‘simlik uning suratlari tarqatilganidan so‘ng bir sutka o‘tib, tunda so‘lib qolgan.

Avvalroq Xitoylik olimlar Oydagi tun haroratiga bardosh bera olmasligi haqida ma’lum qilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Oy sathida tunda harorat -170 darajagacha tushib ketadi.

Eslatib o‘tamiz, Chan’e-4 Xitoy kosmik apparati Oy sirtiga yengil qo‘nishni amalga oshirgan hamda Yerning tabiiy yo‘ldoshiga paxta, kartoshka kabi o‘simlik urug‘lari, achitqi hamda drozofil lichinkalarini olib borgan edi. Tarixda ilk bor paxta urug‘i past gravitasiyaYU kuchli radiasiya hamda harorat o‘rtasidagi yuqori darajadagi farqqa qaramay unib chiqqan.

life.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!