Oyda qurilish ishlarini bajaradigan robot namoyish etildi

Oyda qurilish ishlarini bajaradigan robot namoyish etildi

Moskva viloyatida (Rossiya Federasiyasi) Oyni tadqiq qilishda foydalanish mumkin bo‘lgan yangi “kentavr”-robotning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Gagarin nomidagi Kosmonavtlarni tayyorlash markazining robot va boshqa ishlanmalari konferensiya doirasida namoyish etildi.

Kentavr roboti uchta moduldan iborat: manipulyatorli tors, harakatlanish uchun g‘ildirakli platforma va uchuvchi dron. Har bir modul o‘zining avtonom boshqaruv tizimiga ega.

“Kentavr”-robot kosmonavtlarni qabul qilish uchun oy bazasini tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin. Robot turli qurilish va muhandislik ishlarini bajaradi. Robotni Yerdan boshqarish uchun VR-shlem va ekzoskeletdan iborat maxsus majmua qo‘llaniladi.

“Energiya” raketa-koinot korporasiyasining boshqariladigan koinot tizimlari va komplekslar bo‘yicha bosh konstruktori Vladimir Solovyovning so‘zlariga ko‘ra, birinchi rossiyalik kosmonavt yaqin o‘n yil ichida Oyga qadam qo‘yadi. Oy bazasini qurish 2041 yildan 2050 yilgacha amalga oshirilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi gazeta.ru.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!