Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga qarshi jinoyat ishi Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati «Gazeta.uz» muxbiriga xabar qildi.
Otabek Murodovning vazifasidan ozod qilingani 20 iyun kuni ma’lum bo‘lgan edi. Bir kun so‘ngra O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sobiq bosh prokurorning poraxo‘rlikda ayblanayotgani, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
«Gazeta.uz» axborot manbalari iyul oyi o‘rtalarida O‘zbekiston harbiy sudida O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ishi bo‘yicha yopiq sud majlisi boshlanganini ma’lum qildi. DXXning sobiq raisi ishi bo‘yicha jami 10 nafardan ortiq kishi, jumladan DXX rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari Jahongir Egamov va Oliy sud raisining sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonov ham sud qilinmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.