Ota bolasi bilan maktabda ko‘rishishiga onaning qarshilik qilishi to‘g‘rimi?

A A A
Ota bolasi bilan maktabda ko‘rishishiga onaning qarshilik qilishi to‘g‘rimi?

— Maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlayman. O‘quvchilarimdan birining ota-onasi ajrashgan. Unga otasi aliment to‘lar ekan. Sud qaroriga ko‘ra, shanba, yakshanba kunlari ota farzandi bilan ko‘rishib turishi belgilangan. Lekin bolaning onasi bunga qarshilik qilyapti. Shu sabab ota o‘g‘lini ko‘rish uchun maktabga kelsa, onasi “bolamning otasi bilan ko‘rishishiga ruxsat bermang”, deb talab qilyapti. Otasi esa ko‘raman, deyapti. Shu vaziyatda qanday yo‘l tutishim kerak? Onasining ko‘rishmasin deyishi to‘g‘rimi?

Ismi sir tutildi

Bahodir Saidmuratov, Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi:

— Ota-onaning farzandlari oldidagi huquq va majburiyatlari Oila kodeksi bilan tartibga solingan. Ushbu kodeks 71-moddasiga ko‘ra, ota-ona o‘z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.

Mazkur kodeksning 76-moddasiga ko‘ra, boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko‘rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega.

Bola bilan birga yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bilan ko‘rishishiga, agar bunday ko‘rishish bolaning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak.

Ota-ona boladan alohida yashaydigan ota (ona)ning ota-onalik huquqlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yozma ravishda kelishuv tuzishga haqlidir. Agar ota-ona kelisha olmasalar, nizo ota-ona (yoki ulardan biri)ning talabiga binoan sud tomonidan vasiylik va homiylik organi ishtirokida hal qilinadi. Sudning hal qiluv qarori bajarilmaganda aybdor ota-onaga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qo‘llaniladi.

Agarda o‘quvchingizning otasiga sudning hal qiluv qaroriga asosan farzandi bilan uchrashish vaqti va tartibi belgilangan bo‘lsa, bunga bolaning onasi qarshilik qilmasligi lozim. Bunday uchrashuv tartibining sud qarori asosida belgilanishidan ko‘zlangan maqsad ham majburiy tusga ega ekanligidir.

O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining 1-qismiga ko‘ra, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi.

Ushbu qonun talablariga ko‘ra, agarda o‘quvchingizning onasi otasiga bolasi bilan uchrashishga qarshilik qilayotgan bo‘lsa, ota hal qiluv qarorining majburiy ijrosini ta’minlash uchun maktabga kelishi emas, tegishli majburiy ijro bo‘limiga murojaat qilishi lozim. Majburiy ijro bo‘limidan sud qarorining ijrosini ta’minlash choralari ko‘riladi va bunga bolaning onasi tomonidan qarshilik bo‘lgan taqdirda ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralarini qo‘llash masalasi hal etiladi.

Bola bilan uchrashishga qarshilik qilganlik uchun javobgarlik choralari nazarda tutilgan-tutilmaganligi yuzasidan savolga javoban Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 198-1-moddasining 2-qismiga ko‘ra, qarzdorning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish yoxud bu harakatlarni bajarishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatining davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga ko‘ra ijro etilmasligi fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ma’lum qilinadi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 232-moddasining 1-qismiga ko‘ra, muayyan harakatlarni sodir etish yoxud ularni sodir etishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlashni ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin davom ettirish, shuningdek sud hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilish, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bundan tashqari, Oliy sud Plenumining 1998 yil 11 sentyabrdagi “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 23-son qarori 7-bandining 9-10-qismlariga ko‘ra, sud alohida turadigan ota yoki onaning bolasini tarbiyalashda ishtirok etish tartibini belgilaydi va bola bilan birga turadigan ota yoki onaga bunga qarshilik ko‘rsatmaslik majburiyatini yuklaydi.

Sudning hal qiluv qarori qasddan bajarilmagan taqdirda sud boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning talabiga binoan bola manfaatlarini va uning fikrini hisobga olgan holda bolani unga berish to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilishi mumkin.

O‘quvchining onasining bolasini otasiga ko‘rsatmaslikni talab qilish haq-haqli emasligi masalasi yuzasidan bu holat qonunchilikda nazarda tutilmaganligi, huquqlarni cheklash qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra va faqat sud qarori bilan yo‘l qo‘yilishi ma’lum qilinadi.

Lekin bu otaning farzandi bilan sud qarorida belgilangan uchrashish vaqtini maktabga kelib talab qilishga haqli ekanligini anglatmaydi.

Avvalo, sud qarorida uchrashishning aniq vaqti va ishning holatlaridan kelib chiqqan holda uchrashish joyi belgilanadi.

Oliy sud Plenumining 1998 yil 11 sentyabrdagi “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 23-son qarori 7-bandi 6-xatboshisiga ko‘ra, boladan alohida yashayotgan ota-onaning huquqidan kelib chiqqan holda u bilan ko‘rishishda, shuningdek voyaga yetmaganning shu ota-ona bilan ko‘rishish huquq va manfaatlarini himoya qilish zaruratidan kelib chiqib, sud har bir aniq ishning holatlarini inobatga olib hal qiluv qarorining xulosa qismida ko‘rilish tartibini (vaqti, joyi, ko‘rishish davomiyligi va h.k) bayon etishi lozim.

Agarda sud qarorining ijrosi jarayonida bola bilan uchrashish tartibi, xususan, uchrashish joyi yuzasidan tushunmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda bu holat sudga hal qiluv qarorining ijrosi yuzasidan tushuntirish berish haqidagi arizaga asosan sud ajrimi asosida hal etiladi. Ya’ni, bola bilan uchrashuv joyi borasida nizo yuzaga kelgan taqdirda bu holat ota tomonidan o‘zboshimchalik bilan hal etilmasligi, uchrashishga to‘sqinlik qilmaslik va yordam berish bilan bog‘liq masalalar ta’lim muassasasi xodimlari zimmasiga yuklanishi mumkin emas.

Zero, otaning farzand tarbiyasida ishtiroki faqat huquqlardan emas, majburiyatlardan ham iborat bo‘lib, Oila kodeksining 75-moddasiga ko‘ra, ota-onalik huquqi bolalar manfaatlariga zid tarzda amalga oshirilishi mumkin emas. Bolalar manfaatlarini ta’minlash ota-ona g‘amxo‘rligining asosini tashkil qilishi lozim.

Ota-onalik huquqini amalga oshirishda ota-ona bolalarining jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga, axloqiy kamolotiga zarar yetkazishga haqli emas.

Shu bilan birga, siz hech qanday to‘sqinliksiz bolaning otasini ota-onalar majlisiga taklif qilishga va ishtirok etishiga ruxsat berishga haqlisiz. Zotan, Oila kodeksining 73-moddasiga ko‘ra, ota-ona o‘z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.

Qonunchilikda belgilangan bunday huquqlar avvalo, bolaning ta’lim jarayonidagi faol ishtirok va ushbu jarayonga o‘zini mas’ul hamda daxldor deb his qilish vositasida amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanovning "Manchester Siti"dagi kelajagi oydinlashdi

Тармоқда Абдуқодир Ҳусанов Манчестернинг бошқа бир жамоасига ўтиши ҳақида хабарлар тарқалганди.

JCH-2026 «tarixdagi eng iflos musobaqa» bo‘lishi mumkin

Экологларга кўра, бу чемпионат атмосферага 9 млн тонна СО2 чиқариши мумкин.

Hindistonda ikki farzandi bilan birga yashagan rossiyalik ayol g‘orda topildi

40 ёшли аёлнинг визаси 2017 йилда тугаган.

Dilshod To‘raxo‘jayev ishi: Rossiya O‘zbekistonga nota yo‘lladi

Россиянинг Ўзбекистондаги элчихонаси мазкур иш юзасидан расмий нота берди.

Qozog‘istonda 1 millionga yaqin sayg‘oqni otishga qaror qilishdi

Қозоғистон ҳукумати Қизил китобга киритилган, аммо эндиликда кўпайиб кетган «сайғоқлар сонини мувофиқлаштириш»га қарор қилди.

"Manchester Siti"ni tark etadigan navbatdagi futbolchi nomi aniq bo‘lib bormoqda

Бу ҳақда инсайдер Фабрицио Романо хабар бермоқда.

Mirzabek Xolmedov yangi lavozimga tayinlandi

Бу ҳақда Маданият вазирлиги хабар берди.

Germaniyani 2014 yilda Jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ЖЧ-2026 йўлланмасини муддатидан олдин қўлга киритганидан хабарингиз бор.

Yaponiyalik bokschi Murodjon Ahmadaliyev bilan jangi anonsiga munosabat bildirdi

Проф бокснинг иккинчи энг енгил вазн тоифасида мутлақ жаҳон чемпиони, япониялик Наоя Иноуэ навбатдаги жангини тасдиқлади.

"Germaniyaning birlashishiga darhol rozi bo‘lib Gorbachev xato qilgan..."

Унинг фикрига кўра, Горбачев бунга дарҳол, ҳеч қандай шартларсиз рози бўлганида Германия концлери Гельмут Коль ҳатто ўз қулоғига ишонмаган

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Kecha O‘zbekistonda eng issiq harorat rekordi yangilandi!

Бу хақда Ўзгидромет хабар бермоқда.

Toshkentda andijonlik "dostavkachi" yigitni zo‘rlagan 2 nafar ayol qamaldi

31 ёшли С.А. пиццани олиб қўлига доставкачига пул тутқақазади ва уйга таклиф қилади.

Ayollarning pensiya yoshi yana 6 oyga oshirildi

Низом 1 июлдан кучга кирди

O‘zbekistonlik yana bir futbolchi "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin

Бу ҳақда Отабек Умаров айтиб ўтди.

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike "Chelsi" futbolchisining yuziga tarsaki tushirdi

"ПСЖ" бош мураббийи Луис Энрике тажовузкор хатти-ҳаракатлари учун жиддий жазоланиши мумкин.

Cobalt narxi Rossiyada qancha?

Россия иккиламчи бозорида Ўзбекистонда йиғилган Chevrolet Cobalt (ушбу модел Ravon R4 номи остида сотилмоқда) машинасининг ишончлисини топиш мумкин, деди «За Рулём» журналининг автоэксперти Сергей Зиновьев.

Kutilmagan burilish: AQSh Ukrainaga harbiy yordam berishni to‘xtatib qo‘ydi

Бу ҳақда The Wall Street Journal хабар бермоқда.

Yamalning tug‘ilgan kuni "burnidan buloq" bo‘ldi

Ямал 13 июль куни 18 ёшга тўлди

Ukraina Xavfsizlik xizmati polkovnigini o‘ldirganlar Ozarbayjon fuqarolari bo‘lib chiqdi

10 июль куни Киевда Украина Хавфсизлик хизмати (СБУ) полковниги Иван Воронични ўлдирган ва 13 июлда йўқ қилинган қотиллар ҳақида янги тафсилотларни маълум қилинди.

Toshkentda kiberjinoyatchilar guruhi bank kartalaridan 1 mlrd so‘m o‘g‘irladi

Аниқланишича, фирибгарлар вирус юқтирилган қурилмаларидаги SMS-тасдиқлаш кодларини кузатиб бориш имконини берувчи ёпиқ Telegram гуруҳ яратган.

Diqqat! Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika va pensiya jamg‘armasi bo‘limlari rahbarlarining qilmishlari fosh etildi

Бюджетдан ташқари пенсия жамғармасининг Оҳангарон туман бўлими бошлиғи маҳаллий фуқаронинг йўқолган меҳнат дафтарчасини тиклаб, уни ёшга доир пенсияга чиқариб бериш эвазига 1500 АҚШ долларини пора сифатида олган вақтида унинг ноқонуний ҳаракатларига чек қўйилди.

G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 58 000 nafardan oshib ketdi

Бу ҳақда Ғазодаги Фаластин Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилган.

Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi bir necha hududlarga zarba berdi: 11 falastinlik halok bo‘ldi, o‘nlab kishi yaralandi

2025 йил 14 июль куни Исроил армияси Ғазо секторидаги бир нечта ҳудудларга кенг кўламли ҳаво ва артиллерия зарбаларини амалга оширди. Маҳаллий тиббий манбалар ва гувоҳларга кўра, ушбу ҳужумлар натижасида камида 11 фаластинлик ҳалок бўлган, ўнлаб тинч аҳоли жароҳатланган.

Suriyaning Es-Suveyda viloyatida druz va beduin guruhlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv: 30 kishi halok bo‘ldi, 100 nafar yaralangan

Маҳаллий манбаларга кўра, тўқнашувлар ҳар икки томон вакилларининг бир-бирларига тегишли автомашиналарни олиб қўйиши ортидан бошланган. Низо тез орада оғир қуроллар қўлланилган шафқатсиз жангларга айланди.

Rossiya safida urushgan 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Украинага қарши урушда Россия армияси сафида жанг қилган 66 нафар Ўзбекистон фуқароси ҳалок бўлди. Уларнинг кўпчилиги қамоқдан озодликка чиқиш умиди билан урушда қатнашган. BBC ва «Медиазона» манбаларига кўра, улар асосан «Вагнер» гуруҳи орқали фронтга юборилган.

Yaponiyada 21 iyundan buyon zilzilalar to‘xtamayapti

Япония жануби-ғарбидаги Токара ороллари атрофида июн охиридан буён 1,9 минг мартадан кўпроқ зилзила қайд этилгани ҳақида мамлакат бош метеорология бошқармаси маълум қилди.

Air India aviahalokati: yoqilg‘i uzatilishi o‘chirilgani tasdiqlandi, 260 kishi halok bo‘lgan

Ҳиндистонда Air India’нинг AI171 рейси билан боғлиқ авиаҳалокатни текшириш доирасида тажовузкор воқеалар аниқланди.

Bugundan 2025/2026 o‘quv yili uchun test sinovlari boshlandi

Олий ва касбий таълим муассасаларига кириш бўйича 2025/2026 ўқув йили учун тест синовлари бошланди.

Rossiya: jazirama ob-havo tufayli Stavropol o‘lkasida elektr energiyasi navbatma-navbat o‘chirilmoqda

У ерда ҳаво ҳарорати +42°C даражагача кўтарилган.

Britaniyaning Esseks grafligidagi Sautend aeroportida kichik o‘lchamli samolyot qulab tushdi

Beechcraft King Air B200 самолёти Нидерландияга йўл олаётган бўлган

Gruziyada savdo markazi portlash xavfi sabab evakuasiya qilindi

Айни вақтда антитеррор кучлари томонидан хавфсизлик чоралари кўрилмоқда ва марказ тўлиқ текширилмоқда.

Marg‘ilonda Jentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi

Ҳодиса жорий йилнинг 10 май куни содир бўлган. Боланинг ҳаёти сақлаб қолинган

Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda yong‘in chiqdi

Вазият тўлиқ Тошкент шаҳар ФВБ томонидан назоратга олинган.

Isroillik mustamlakachilar yana «Al-Aqso» masjidiga reyd uyushtirishdi

Оккупация қилинган Шарқий Қуддусда, Исроил полицияси ҳимояси остида, фаластинликларга тегишли ерларни босиб олган исроиллик мустамлакачилар яна «Ал-Ақсо» масжиди ҳудудига рейд уюштиришди.

Isroil hujumi oqibatida falastinlik o‘smir falaj bo‘ldi va hayoti uchun kurashmoqda

Мусабнинг қисмати — Ғазода тинч аҳоли, айниқса болалар қандай азият чекётганини намоён этувчи яна бир ҳужжатли мисол бўлиб қолмоқда.

AQSh endi Yaponiya va Avstraliyaga bosim o‘tkazmoqda. Nega?

Бу ҳақда Financial Times (FT) газетаси манбаларига таянган ҳолда хабар берди.

Farg‘onada Qirg‘izistondan olib kelingan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari musodara qilindi

Фуқаролар ушбу дори воситаларини келгусида сотиш мақсадида Қўқон шаҳрида ижарага олинган хонадонга олиб борган вақтларида ушланди.

G‘azo sektorida kamida 650 000 nafar bola ocharchilik xavfi ostida qolmoqda

Бу ҳақда Al Jazeera телеканали хабар берди.

Tramp: Ukrainaga qurol yetkazib berish NATO orqali amalga oshiriladi

Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.