“Osmondagi bolalar-3” filmi suratga olinadi

“Osmondagi bolalar-3” filmi suratga olinadi

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “O‘zbekfilm” kinokonserni DUK tomonidan “Osmondagi bolalar-3” badiiy filmi yaratiladi. Film ssenariy muallifi va rejissyor Zulfiqor Musoqov, deb xabar bermoqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.

“Osmondagi bolalar-3” to‘liq metrajli badiiy filmi avvalgi qismlarini takrorlamasdan o‘zgacha talqinda suratga olinadi. Unda “Osmondagi bolalar 1,2” filmlaridagi qadrdon qahramonlar Xurshid, Javohir, Hamdam va Baxtiyorlarning otalik maqomiga erishgani va farzandlari bilan munosabatlari aks etadi.

Zulfiqor Musoqov mashhur “Osmondagi bolalar” filmining yangi talqini haqida gapirdi:

— Menga telefon va ijtimoiy tarmoqlar orqali “Qachon “Osmondagi bolalar” filmini navbatdagi qismi chiqadi? Bizga qahramonlarning taqdiri qanday bo‘lgani juda qiziq” degan ko‘plab murojaatlar bo‘ldi. Bundan bilinadiki, tomoshabin ularni o‘zlari bilan bir hayotda yashayotgandek qabul qilgan.
Shundan so‘ng, “Osmondagi bolalar-3” filmini ssenariysini yozdim. Uni Kinematografiya agentligi Badiiy kengashiga taqdim qildim. Kengash film ssenariysini ijobiy baholadi. Hozirda ijodiy guruh bilan mazkur kinofilm ustida ish boshlaganmiz.

Qahramonlar o‘sha-o‘sha. Aktyorlarga taklifimni aytganimda, ular bajonidil rozi bo‘ldi. Filmda Xurshid ko‘zga ko‘ringan jarroh, Hamdam taniqli ssenarist, Javohir sport murabbiyi bo‘lib yetishadi. Baxtiyor esa otasining izidan borib, biznes bilan shug‘ullanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!