Ortiqxo‘jayev yana bir loyihani amalga oshiradi

Ortiqxo‘jayev yana bir loyihani amalga oshiradi

Toshkent shahrida butunjahonga mashhur bo‘lgan Fransiyaning “Intervilles” kabi ekstremal shouning analogi ham tashkil etiladi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar turizmini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjatning tashkiliy choralar qismiga ko‘ra, yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan musiqa va raqs festivallari reja-jadvali ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.

Toshkent shahrida Markaziy Osiyoning eng baland “Bandji-djamping” (arqonda sakrash) attraksioni barpo etiladi. Bu vazifani amalga oshirish Toshkent shahar hokimligi (Jahongir Ortiqxo‘jayev), Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Abdulaziz Aqqulov) zimmmasiga yuklatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!