Orolbo‘yida «Rally Muynak» xalqaro ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tadi

Orolbo‘yida «Rally Muynak» xalqaro ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 25-28 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida «Rally Muynak» xalqaro ekstremal avtomobil musobaqalari bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Madaniyat va turizm vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, to‘rtinchi bor xalqaro darajada tashkil etilayotgan ushbu musobaqa nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki O‘zbekiston miqyosidagi ko‘pgina xorijiy turistlarni jalb qiluvchi o‘ziga xos tadbir hisoblanadi. So‘nggi yillarda mazkur musobaqaga bo‘lgan qiziqish Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlarining sportchilari orasida borgan sari ko‘payib bormoqda. Jumaladan, joriy musobaqada ham 40 dan ziyod avtomobil, 20 dan ziyod motosikl va 10 dan ziyod avtokrosslarda («Baggi») umumiy hisobda 150 ga yaqin sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Sayyohlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgan safarini uzaytirish maqsadida, bu yilgi tadbir jarayonlari 4 kun davom etadi. Kunduzgi vaqtlari sport avtomobillari, «Baggi» va motosikllarda ekstremal musobaqalar, mahoratli oshpazlarning gastronomik tomoshalari bo‘lib o‘tadigan bo‘lsa, kechqurun mashhur didjeylarning musiqiy konsert dasturlari tashkil etiladi

Musobaqa trassasining umumiy uzunligi 425 kilometr bo‘lib, ushbu masofaning aksariyat qismi Ustyurt tekisligi va Orol dengizining qurigan tubidagi ekstremal (yo‘lsiz) hududlardan iborat. Motokross va avtokross musobaqalari esa maxsus trassada o‘tkaziladi. Musobaqalarda dvigatel hajmi 1600 sm3 va 2000 sm3 bo‘lgan maxsus uskunalangan sport avtomobillari, shu bilan birga dvigatel hajmi 1600 sm3 bo‘lgan «Baggi» sport avtotransportlari hamda dvigatel hajmi 152 sm3 dan 500 sm3 gacha bo‘lgan motosikllar ishtirok etishadi.

Tashkilotchilarga ko‘ra, «Rally Muynak» ekstremal avtomobil musobaqalari doirasida sport avtomobillar, «Baggi» va motosikllarning texnik jihatdan tayyorlash va ko‘rgazmali chiqishlar bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!