OPEK+ mamlakatlari neft masalasida murosaga keldi

OPEK+ mamlakatlari neft masalasida murosaga keldi

Bugun, 7 dekabr kuni OPEK+ kelishuvi ishtirokchilari bir sutkada qazib olinadigan neft hajmini 1,2 mln barrelgacha tushirishga kelishib oldilar.
 
Belgilangan miqdorning 800 barrelga yaqini OPEK (Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti) tarkibidagi mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Qolganlari tashkilotga kirmaydigan davlatlarga to‘g‘ri keladi.
 
Shu bilan birga kelishuv ishtirokchilari Eron uchun istisno qilgan. Avvalroq, AQSh sanksiyalariga uchragan mamlakat, kelishuvni uzaytirish uchun yagona to‘siq bo‘lgan va qazib olishni kamaytirishga qarshi yagona davlat edi.
 
Ta’kidlanishicha, Rossiya neft qazib olish hajmini kuniga  200 ming barrelgacha qisqartiradi.
 
Ta’kidlash kerakki, OPEK+ kelishuvi AQShda neft ishlab chiqarish hajmi oshishi va xalqaro maydonda yonilg‘i narxining tushib ketishi bilan bog‘liq. Neft narxi yangi minimumlarni “zabt” etgach, asosiy neft ishlab chiqaruvchilar “qora oltin” narxini sun’iy ravishda ko‘tarish harakatiga tushib qoldi. Natijada OPEK+ kelishuvi yuzaga keldi.
 
OPEK+ neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotiga a’zo davlatlar va unga kirmaydigan mamlakatlar o‘rtasida tuzilgan shartnoma hisoblanadi.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!