Onasini o‘ldirib, qochib ketgan o‘g‘il ushlandi: u qotilligini kundalikka yozib qoldirgan

Onasini o‘ldirib, qochib ketgan o‘g‘il ushlandi: u qotilligini kundalikka yozib qoldirgan

Oldinroq Sankt-Peterburgda 19 yoshli yigit onasini o‘ldirib, g‘oyib bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Fontankaning yozishicha, yigit qo‘lga olingan. U qotilligini kundaligida yozib qoldirgani ma’lum bo‘ldi.

Nashrning ta’kidlashicha, yigit onasi bilan nizolarni kundaligiga yozib borgan, mojarolar uning harbiy xizmatga yetishi bo‘yicha yuzaga kelgan. Bu tortishuvlar yigitni g‘azablantirgan va u muammoni hal qilishning vahshiyona yo‘lini tanlagan. Qotillik kuni o‘g‘li uxlab yotgan onasini bo‘g‘a boshlaganligi haqida yozgan, ammo u boshlagan ishini oxiriga yetkaza olmagan. Keyin onasini vannaxonaga sudrab olib borgan va bir necha marta pichoq urgan. Jasadni oshxonaga yashirib, kundalikka onasining o‘lganini yozib qoldirgan va uyidan chiqib ketgan.

Oila Sankt-Peterburgga besh yil oldin Saratov viloyati, Volsk shahridan ko‘chib kelgan. O‘g‘il kollejda o‘qigan, ular Bogatirskiy prospektidagi bir xonali kvartirada ijaraja turishgan. Ayolning jasadini uy egasi qotillikdan uch kun keyin topdi va polisiya chaqirdi. Marhumning o‘g‘lini Sankt-Peterburgda qo‘lga olishgan, u so‘roq paytida jinoyatni tan olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!