Olmazor tumanidagi moy ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Olmazor tumanidagi moy ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 17 sentyabr kuni soat 18:07da Toshkent shahar Olmazor tumani Qizg‘aldoq ko‘chasida joylashgan moy ishlab chiqarish sexi xududida 4 ta rezervuarda neft maxsuloti yongan.

Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 18:17 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:55 da o‘rab olingan va soat 18:58 da o‘chirilgan.

Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB va tuman FV bo‘limi rahbar xodimlari yetib borgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta ko‘pik xosil qiluvchi avtomobil, 2 ta avtonarvonlar jalb etilgan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!