Olmazor tumanida ikkita "Captiva" to‘qnashgani yuzasidan ma’lumot berildi

Olmazor tumanida ikkita "Captiva" to‘qnashgani yuzasidan ma’lumot berildi

Toshkent shahar IIBB Olmazor tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi tushirilgan va internet tarmog‘ida tarqalgan videoyozuv va suratlar haqida quyidagilarni ma’lum qiladi.

30 may kuni soat taxminan 21.00 da Nurafshon ko‘chasida «Captiva» rusumli avtomobil haydovchisi 24 yoshli Doniyorxo‘ja A. 42 yoshli Jahongir S. boshqaruvidagi «Captiva»ga to‘qnashgan. YTH sabablari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida Jahongir S.ga tan shikastlari yetgan va u tibbiyot muassasasiga yetkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!