Olmaliqda o‘g‘irlik, bosqinchilik va og‘ufurushlik bilan sudlangan odamning uyidan yana 1,5 kg marixuana topildi

Olmaliqda o‘g‘irlik, bosqinchilik va og‘ufurushlik bilan sudlangan odamning uyidan yana 1,5 kg marixuana topildi

Olmaliq shahar IIB xodimlari tomonidan "Xavfsiz hudud" tezkor profilaktik tadbiri davomida, 1986 yilda tug‘ilgan D.E.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, vazni 1,4 kg marixuana giyohvand moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan. Bu haqda IIBB Axborot xizmati xabar berdi.

Tergovga qadar surushtiruvda u muqaddam o‘g‘irlik, bosqinchilik va giyohvand moddalari  savdosi bilan shug‘ullangani uchun sudlanganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan D.E.ga nisbatan Olmaliq shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!