Oliy Majlis va Bundestag o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi

Oliy Majlis va Bundestag o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi

O‘zA avval xabar berganidek, Germaniya Federal hukumatining Ko‘chib kelganlar va milliy ozchilik masalasi bo‘yicha vakili, Bundestag deputati Natali Pavlik boshchiligidagi delegasiya mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Mehmonlar bugun kunning ikkinchi yarmida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirok etishdi.

Quyi palataning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Dilorom Fayziyeva Germaniya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi hududidagi muhim sherigi ekani, har ikki tomon turli sohalar, jumladan, parlamentlar doirasida o‘zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni davom ettirish tarafdoriligini ta’kidladi.

Muloqot chog‘ida parlamentlararo muloqotni kengaytirish tomonlarga bir-birini tushunish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash, munosabatlarning huquqiy bazasini takomillashtirishga xizmat qilishi tasdiqlandi.

O‘zbekistonda mamlakatni siyosiy modernizasiya qilish, parlamentarizmni rivojlantirish va qonun chiqaruvchi hokimiyat rolini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi.

O‘z navbatida N.Pavlik ham mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘rnatilgan sheriklik va konstruktiv aloqani yuqori baholadi. Prezident rahbarligida tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes vakillari huquqini himoya qilish tizimini mustahkamlash, mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini e’tirof etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston bilan barcha sohada, jumladan, Yevropa Ittifoqi va boshqa institutlar bilan hamkorlik asnosida manfaatli hamkorlik davom etishi, mustahkamlanishiga umid bildirdi.

Uchrashuv yakunida har ikki tomon zamonaviy dunyoda parlament diplomatiyasi roli va ahamiyati tobora ortib borayotganiga urg‘u berib, Oliy Majlis va Bundestag parlamentarlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishga qiziqish bildirdi.

Germaniya tomonining parlament faoliyati bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, mahalliy parlamentarizm darajasida va ijro etuvchi hokimiyat idoralari faoliyati ustidan samarali parlament nazoratini amalga oshirishda har tomonlama ko‘maklashishga tayyorligi ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!