Olimpiada finalida koreyalik sportchi ozarbayjonlik taekvondochiga qarshi uyatli xatti-harakat qildi
Taekvondo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining 58 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi final jangida koreyalik sportchi Teyjun Park Ozarbayjon vakili Gashim Magomedovga nisbatan «beadablik» qildi, deya xabar bermoqda haqqin.az nashri.
«Jang boshida Gashim oyog‘idan jiddiy jarohat olgan. U birinchi raundda mag‘lub bo‘ldi, ikkinchisida ham mag‘lub bo‘ldi. Biroq ikkinchi raund tugashiga bir daqiqa qolganida koreyalik ozarbayjonlik raqibiga nisbatan o‘ta qo‘pollik qildi. Oyog‘iga navbatdagi zarba berildi (koreys doimiy ravishda og‘riyotgan joyiga tegib turardi). Magomedov oqsoqlanib, dayangni tark etdi. Keyin esa koreyalik taekvondochi chorasiz raqibiga orqadan zarba berdi. Parkning bu harakatini tribuna hushtak bilan qarshi oldi va koreysning o‘zi qo‘llarini beadablik bilan ko‘tara boshladi», deb xabar beradi nashr.