Olimlar shifobaxsh pivo yaratishga kirishdi

Olimlar shifobaxsh pivo yaratishga kirishdi

Sankt-Peterburg Axborot texnologiyalari, mexanika va optika universiteti olimlari  shifobaxsh pivo yaratish ustida ish boshladi.  

Ichimlik tropik xamirturush  (fransuz mikrobiologi Genri Boular tomonidan 1920 yilda yaratilgan)  asosida tayyorlanadi. Ushbu xamirturush probiotik sifatida ichak kasalliklariga qarshi kurashda yordam berishi mumkin.

Tadqiqot davomida mutaxassislar  pivo ishlab chiqarishda tropik xamirturush  shifobaxsh xususiyatlarini saqlab qolishi yoki aksincha bo‘lishini aniqlaydi. Agar tajribalar muvaffaqiyatli o‘tsa, kelgusi yil boshida shifobaxsh pivo savdo peshtaxtalarida paydo bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!