Olimlar koronavirusni 40 daqiqada aniqlaydigan uskuna yaratdi

Olimlar koronavirusni 40 daqiqada aniqlaydigan uskuna yaratdi

Gonkong fan va texnika universiteti tadqiqotchilari koronavirusni qisqa vaqt ichida aniqlovchi qurilma ixtiro qildi.

«Mikrosuyuq chiplarning yangi texnologiyasi tufayli qurilma koronavirusni 40 daqiqada aniqlay oladi», — deyiladi xabarda.

Taqqoslash uchun, hozirda koronavirusni aniqlash uchun ishlatilayotgan texnologiya bu jarayon uchun 1,5 soatdan 3 soatgacha vaqt sarflaydi.

Yangi uskunaning ishlash tartibi burun bo‘shlig‘idan olingan namunani tekshirishga qaratilgan.

Har bir qurilma mikroflyuid portativ PCR analizatori, dastlabki qayta ishlash bloki, biotest chipi va koronavirus nuklein kislotalarini aniqlash uchun yangi to‘plamlar bilan jihozlangan. Bunda uskuna bir vaqtning o‘zida sakkizta namunani tekshira oladi.

Avvalroq, Xitoy hukumati koronavirusga davo topilganini ma’lum qilgan edi. Uxan shahridagi virusologiya instituti 2016 yildayoq Amerikaning Gilead Sciences biotexnologik kompaniyasi tomonidan yaratilgan «Remdizivir»ga patent olish uchun talabnoma kiritdi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 636 kishiga yetdi. Mamlakatda umumiy hisobda 31 161 ta kasallanish holati qayd etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!