Olimlar fermerlarga tavsiyalar berishdi

Olimlar fermerlarga tavsiyalar berishdi

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida viloyatdagi fermerlar uchun seminar o‘tkazildi.

Viloyatning turli hududlaridan kelgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari, mutaxassislar va tomorqa yer egalariga universitet qoshidagi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti professor-o‘qituvchilari bahorgi mavsumda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlar yuzasidan tavsiyalar berdi.

Jumladan, yerni ekin ekishga tayyorlash, ekinlarni dastlabki parvarishlash, sabzavotchilik va bog‘dorchilikdagi muhim tadbirlar, o‘simliklar kasallik va zararkunandalariga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida amaliy tavsiyalar berildi.

Seminarning amaliy ahamiyatini oshirish va fermerlarni zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari bilan tanishtirish maqsadida mahalliy va xorijiy korxonalarning mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada viloyatdagi bir qator qishloq xo‘jalik korxonalari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi.

Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand tayanch punkti olim va mutaxassislari mevali daraxtlarning yangi navlari va ularni parvarishlash yuzasidan fermerlarga maslahatlar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!