Olim: «Omikron» ko‘zlar orqali yuqadi

Olim: «Omikron» ko‘zlar orqali yuqadi

«Omikron» koronavirus shtammi inson tanasiga ko‘z orqali kirishi mumkin, chunki infeksiya belgilaridan biri kon’yunktivitning rivojlanishi hisoblanadi. Bu haqda TASSga «DNKOM» molekulyar-genetik tadqiqotlar ilmiy markazi asoschisi va bosh direktori Andrey Isayev ma’lum qildi.

«Mening shaxsiy kuzatishlarimga ko‘ra, oktyabr oyida «delta» shtammi bilan kasallanganlar yanvarda yana kovid yuqtirgan. Ehtimol, bu «omikron» shtammi edi. Bunday holatlar kon’yunktivit bilan kasallikning boshlanishi, keyin esa bosh og‘rig‘i va burun bitishi bilan tavsiflanadi. Ko‘zlar - infeksiya uchun eng qulayli eshikdir», - dedi u.

Shu bilan birga, uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda umuman olganda, «delta» va «omikron»da qanday alomatlar xosligi haqida ma’lumot kam.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!