O‘zbekiston Oliy Majli Senati raisi Tanzila Norboyeva 15 mart kuni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekistonning inson huquqlari sohasida xalqaro tamoyillarni ta’minlayotgani bilan bir qatorda konstitusiyaviy islohotlar ham muhokama qilindi.
Muloqot davomida BMT inson huquqlari bo‘yicha shartnomaviy organlari orqali mamlakatning xalqaro majburiyatlarini amalga oshirishda parlamentning rolini oshirish yuzasidan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashildi.
Folker Tyurk O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash borasida erishilgan natijalarni, amalga oshirilayotgan ishlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Oliy komissar mojaroli hududlardan o‘zbekistonlik ayollar va bolalarni qaytarish, ularni jamiyatga reintegrasiya qilish borasidagi sa’y-harakatlariga yuksak baho bergan.
«O‘zbekiston inson huquqlari sohasida xalqaro tamoyillarga sodiq bo‘lib, o‘z qonunchiligini xalqaro standartlarga izchil muvofiqlashtirib bormoqda. Bu jarayonda halqaro tashkilotlarning gender zo‘ravonlikka barham berishga oid tavsiyalari alohida diqqatimiz markazidadir. Hozirda O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlikni kriminalizasiyalash sari qat’iy bormoqdamiz va bu muhim qadam bo‘yicha pozisiyamiz o‘zgarmaydi», — degan uchrashuvda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva.
Suhbat chog‘ida xotin-qizlarning jamiyat va davlat hayotidagi rolini kuchaytirish, ijtimoiy-inklyuziv muhit va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratilgan. Uchrashuv yakunida jamiyatda inson huquqlarini ishonchli himoya qilish mexanizmlarini ishga solishga qaratilgan hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
22 май куни эълон қилинган баёнотда айтилишича, агар Россия ўт очишни тўхтатмаса, G7 давлатлари барча мумкин бўлган вариантларни, жумладан, санкцияларни янада кучайтиришни кўриб чиқишда давом этади", дея хабар бермоқда газета.
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.
Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.
Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.
Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.