Prezident Shavkat Mirziyoyevga ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi.
Mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasiga alohida e’tibor qaratilib, ijtimoiy xizmat turlari va ko‘lami kengaytirib kelinmoqda. 2023 yil 1 iyunda davlatimiz rahbarining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi.
O‘tgan davrda Agentlik tomonidan ijtimoiy himoya tizimining samaradorligi va manzilliligi joylarga chiqib o‘rganildi. Bu jarayonda tizimni mahalla darajasida adolatli tashkil etish, to‘g‘ri moliyalashtirish, og‘ir ahvolga tushib qolgan odamlarning ijtimoiylashuviga ko‘maklashishda kamchiliklar borligi ayon bo‘ldi.
Taqdimotda ushbu muammolarni tizimli hal etishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.
Ularga ko‘ra, endi mahalladagi “ettilik” oilalardagi ijtimoiy muammoning sababi, ularga ta’sir qiluvchi omillar aniqlaydi, mavjud imkoniyatlar baholab, ularni og‘ir vaziyatdan olib chiqish bo‘yicha ijtimoiy xizmatlarni safarbar qiladi.
“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan yordamlarni oilaning ijtimoiy ahvolini individual baholash asosida ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Davlatimiz rahbari bu takliflarni ma’qullab, tegishli hujjatlarni ishlab chiqish, hayotga samarali joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
O‘zbekiston tomonidan ratifikasiya qilingan nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya talablarini hayotga tatbiq etishni izchil davom ettirish, jumladan, nogironligi bo‘lgan insonlarga ko‘maklashish, jamiyatga integrasiya qilish, sifatli protez-ortopediya moslamalari va reabilitasiya vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
22 май куни эълон қилинган баёнотда айтилишича, агар Россия ўт очишни тўхтатмаса, G7 давлатлари барча мумкин бўлган вариантларни, жумладан, санкцияларни янада кучайтиришни кўриб чиқишда давом этади", дея хабар бермоқда газета.
Таъкидлаш лозимки, гуруҳ етакчиси ва аъзоларининг 4 нафари муқаддам содир этган жиноятлари учун умрининг маълум бир қисмини панжара ортида ўтказган бўлсаларда, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.
Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.
Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.
Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.
Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.