Odil Ahmedov: "Bugun nima bo‘lsa ham g‘alaba qozonishimiz shart edi"

Odil Ahmedov: "Bugun nima bo‘lsa ham g‘alaba qozonishimiz shart edi"

JCH-2022 saralashi doirasidagi Singapur - O‘zbekiston (1:3) uchrashuvidan so‘ng Odil Ahmedov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Qanday o‘yin bo‘lishidan qat’iy nazar bugun faqat g‘alaba qozonishimiz shart edi. Safarda o‘ynash doim biroz qiyin bo‘ladi. Bugun ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadik, ammo yakunda baribir oldimizga qo‘yilgan vazifa uch ochkoni qo‘lga kiritdik.

Jarima to‘pidan urgan golim? Bunday vaziyatda darvozabonlar asosan yaqin burchakni qo‘riqlashga harakat qilishadi, shu bois uzoq burchakka zarba berdim. To‘g‘ri Osiyo Kubogida Ummonga urgan golimga o‘xshab ketdi.
Stadionga kelib bizni qo‘llab turgan muxlislarga rahmat aytaman. Futbol muxlislar uchun o‘ynaladi", - deyi Odil Ahmedov.

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!