Odamsifat “Fyodor” roboti boshqa kosmosga uchmaydi: hozir yangi robot tayyorlanmoqda

Odamsifat “Fyodor” roboti boshqa kosmosga uchmaydi: hozir yangi robot tayyorlanmoqda

Yaqinda XKSda bo‘lgan “Fyodor” roboti boshqa kosmosga uchmaydi. Bu haqda RIA Novostiga “Androidnaya texnika” direktori Yevgeniy Dudorov ma’lum qildi.

“U yerda boshqa qiladigan ishi qolmadi, u o‘z vazifasini bajardi. Yening o‘rniga ochiq fazoga boshqa robot uchadi. Uning tayyorlash ishlari boshlandi”, - dedi u.

Dudorovning so‘zlariga ko‘ra, “Fyodor” bu vazifaga nima uchun to‘g‘ri kelmadi: uning oyog‘i bor, ular esa ochiq kosmosda kerak emas.

Yangi android “Aleksey Leonov” ochiq fazoga chiqqan robot bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 22 avgust kuni Rossiya ilk bor odamsifat “Fyodor” nomli robotni “Soyuz MS-14” raketasida fazoga uchirgandi. Besh sutkadan so‘ng kema XKSga ulandi. U yerda Aleksey Ovchinin va Aleksandr Skvorsov tadqiqot o‘tkazishdi. Shanba kuni “Fyodor” Yerga qaytdi.  



 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!