Odam qanday aqldan ozadi? (hajviya)

A A A
Odam qanday aqldan ozadi? (hajviya)

– Janoblar, – dedi ko‘zoynakli kishi tantanavor ohangda,- biz bir to‘xtamga kelishdan oldin hammasini obdon o‘ylab, pishitib olishimiz kerak.Bunaqa ishda shoshma-shosharlik ketmaydi.
– To‘ppa-to‘g‘ri, – deya qo‘llab gapirdi davradagilarning eng yoshi,- juda jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak. Aks holda boshmizga balo bo‘ladi.
– Avvalo biz undan rozimizmi — shuni aniqlab olishimiz lozim,- dedi sepkilli janob.
– Norozimiz! – yig‘ilganlar jo‘rovoz bo‘lib javob qilishdi.
– Nima uchun? – yana so‘roqladi sepkilli.
– Axir u jinni-ku!- ko‘zoynakli janob xitob qildi.
-Ha, ha, jinni!
-Jinni!- har tomondan qichqirishdi.
-Tushunarli,- bosh irg‘adi sepkilli,- hamma gap shunda.Bizning vazifamiz – g‘aflatda qolmaslik va yana jinnini saylamaslik.
-Oldingisi ham tentakroq edi,- qo‘shimcha qildi semiz kishi.
-Men bilganlarning hammasi tentak edi.
– Xo‘sh, shunday ekan, kelinglar obdon o‘ylab ko‘raylik va nihoyat aqli rasoroq bir kimsani saylaylik, – dedi yosh yigit donolik bilan.
– Ajabo, biz ularni saylaganimizda hammasining aqli xushi joyida edi,- dedi ko‘zoynakli janob xayron bo‘lib. – Ha, ular aqlli, oliyjanob odamlar edi. Ammo eng aqllisi ham oxir oqibat tentak bo‘lib chiqdi.
– E olloh,– dedi davradagi keksa kishi tamshanib, yo‘talarkan,- yozug‘imiz ne edi? Hammasi mana shu la’nati amalga minganda aqlini yo‘qotadi-ya.
– Ayni biz shu mansabga saylagan kimsalar!- qo‘shimcha qildi semiz kishi.
– Gap lavozimda ham emas! – dedi yosh yigit.- Hoynahoy, nomzodlarimizning avvaldanoq sal… tomi ketgan, ammo ulardagi tentaklik alomatlari saylovgacha bilinmasdi. Lavozimga o‘tirishlari hamon ularning dardi qo‘zib, kuchayib ketadi.
– Eskisimi yoki yangisimi, xotiram pand bermasa, hammasi oxir oqibat aqlini yo‘qotardi. Bironta es-xushi joyida bo‘lganini ko‘rmadim,- dedi chol yo‘talini arang bosib.
– Nimalar deb valdirayapsizlar! Biz u bilan mana o‘ttiz yildan buyon do‘stmiz. Hokimlikka saylanguncha unda hech qanday kasallik alomatlari sezilmagan!- dedi sepkilli janob achchig‘lanib.
– Hmm… Onadan tug‘ma tentak bo‘lib dunyoga keladigan odam kamdan kam uchraydi. Demak, aqldan ozish uchun oldin hokim bo‘lish kerak ekan.
– Janoblar, ortiqcha tortishishdan foyda yo‘q,- hamsuhbatlarning gapini bo‘ldi ko‘zoynakli odam. Oldimizda bundan ham muhim vazifa turibdi : bu gal kimni shahar hokimi etib saylaymiz?
Yig‘ilganlarning har biri qandaydir nomzodni tilga olishar, ammo shu zahotiyoq har bir nomzodga e’tirozlar yog‘ilardi. Axir bo‘lajak hokim saylovgacha ham, undan keyin ham jinni bo‘lmasligi lozim edi-da. Yuzlab nomzodlar tilga olindi.
— To‘xtanglar! – kutilmaganda ko‘zoynakli janob hitob qildi.- Men topdim! Rasimbey haqida nima deysizlar?
— Xudoga shukur, imonli odam.
— Halol.Tarbiya ko‘rgan. Kamtarin.
— Hasadgo‘y emas. Hammaga yaxshilik tilaydi.
— Uddaburon, beg‘araz, xushmuomala.
— Ishchan.
Rasimbey sha’niga maqtovlar yog‘ilib ketdi.
— Ammo, menimcha, Rasimbey hokim bo‘lishni istamaydi, – e’tiroz bildirdi semiz kishi.
— Siz haqsiz, men uni bolaligidan bilaman. Rozi bo‘lishiga ko‘zim yetmaydi, – kovshanib qo‘shimcha qildi chol.
— O‘la qolsayam hokim bo‘lmaydi u! – tasdiqladi sepkilli.
— Nima qilish kerak? – ko‘zoynakli odam kallasini changalladi. – Men ham shunday fikrdaman, ammo nima qilsak ekan? Endi munosib nomzodni topganimizda… hammasi chappasiga ketsa!
Agar bu odamlar tavsiya qilgan nomzod saylovda o‘tmay qolganda ham boshqa gap edi. Xalq ularga ishonadi va ko‘rsatilgan nomzodni saylaydi.
Yig‘ilganlar o‘rnidan turib, Rasimbeyning uyiga ravona bo‘ldilar. Unga o‘z takliflarini aytdilar. Gap orasida hamma hokimlar ertami kechmi aqldan ozishini ham pisanda qilib qo‘yishdi.
— Demak, sizlar mening ham jinni bo‘lishimni istaysizlarmi? Menda qasdinglar bormi o‘zi? – Rasimbeyning fig‘oni falakka chiqdi.
— Xudo haqqi, o‘zingni bos. Sen aqlli odamsan. Iltimosimizga yo‘q dema.
— Yo‘q, ilojim yo‘q.
— Bu sening Vatan oldidagi burching, Rasimbey.
— Millatning bor-yo‘q umidi sendan.
— Bu axir davlat ahamiyatiga molik masala.
— Hay mayli, men roziman, faqat bir shartim bor…
— Marhamat! Bir og‘iz so‘zing…
— Mening shartim shunday. Keyin meni so‘kib yurmasligingiz uchun gapning po‘stkallasini aytmoqchiman. Menga xushomadgo‘ylar kerak emas…Ziyofatu tantanalar bekor qilinadi, tilyog‘lamalik va maddohlik unutiladi. Xo‘sh, qalay, yoqadimi? Talabimni uddalash qo‘linglardan keladimi? Men ham xuddi sizlar kabi oddiy bir xomsut emgan bandaman. Xudo haqqi, meni tentakka chiqarmanglar. Rozimisizlar endi?
— Rozimiz! – hamma suyunib xitob qildi.
…Rasimbey ko‘pchilik ovoz bilan hokim bo‘ldi. O‘sha kunning o‘zidayoq ellikdan ortiq telegramma keldi. U bulardan birini olib,muqaddimasini o‘qib ko‘rdi: «Muhtaram afandi, o‘z xalqining asl farzandi, janob Rasimbey…»
Rasimbey boshqa telegrammalarni ochib o‘tirmadi.
— Yo ollohim, o‘zing qo‘llagaysan! – deya tavallo qildi.
Oradan ko‘p o‘tmay eshik taqillab qoldi.
Ko‘zoynakli janob kattakon guldasta ko‘tarib kirdi. Chuqur ta’zim ila Rasimbeyni tabrikladi.
Oradan yana bir muddat vaqt o‘tgach, qandaydir bir qo‘ltiqtayoqli, qotma chol ham guldasta ko‘tarib keldi. Shu asnoda u Rasimbeyning qo‘lini ham o‘pib qoldi. «Behuda ovora bo‘lyapsizlar!» dedi u sovuqqonlik bilan, keskin ohangda. Ammo bular hali holvo edi: tabriklash uchun sepkilli yosh yigit bilan semiz kishi ham tashrif buyurishdi. «Yaratganning o‘zi aqlimdan mosuvo qilmasin!» – dedi Rasimbey xit bo‘lib.
Ayni chog‘da unga «Sizning sharafingizga ziyofat uyushtirilmoqda!» degan xabar yetkazildi. Rasimbey ziyofatga borsammi yo‘qmi deya hali bir to‘xtamga kelib ulgurmay eshigi yonida mashina to‘xtadi.
Ziyofatxona shoh saroyiga o‘xshardi. Qirq nafar kishiga mo‘ljallab dasturxon tuzalgan. Qandillar, gullar, shamdonlar ko‘zni qamashtiradi.
Ko‘zoynakli kishi qo‘liga qadah olib o‘rnidan turdi. Rasimbey shaniga qutlov so‘zi aytib, uni yuqori lavozim — shahar hokimi etib saylangani bilan tabriklarkan, shunday dedi:
— Janoblar, huzurimizda noyob aqlu zakovot sohibi turibdi! Bu — ulug‘ shaxs. Bu – kamyob inson! Uning beqiyos iste’dodi tufayli bizning shahrimiz qisqa bir fursatda…
Rasimbey darg‘azab bo‘ldi, namoyishkorona ziyofatni tark etdi.
— Ehtimol bu ularga saboq bo‘lar! – deb o‘yladi u.
Ertasi kuni u ishga ketayotib ko‘chadagi bayramona tantanani ko‘rib qoldi. Uning uyidan to shahar hokimligigacha gilamdan poyondoz to‘shalgandi. Karnay, surnay va do‘mbiralar jo‘rligida o‘yin-kulgi qilishardi. Chor atrof dafna yaproqlari bilan bezatilgan. Yo‘laklarda o‘quvchilar saf tortgan. Rasimbey ko‘rinishi hamon qarsaklar chalinadi va «Yashasin hokimimiz!» degan xitoblar yangraydi
Yoshgina bir yigit do‘mbirachining qulog‘iga qichqiradi:
— Dadilroq, dadilroq chal!
Bolalarni ham shig‘ab qo‘yadi:
— Qattiqroq , qattiqroq qichqiringlar!
Rasimbeyning oyoqlari ostida qo‘ylar qurbonlikka so‘yildi. Shahar hokimligi binosi peshtoqida dafna yaproqlari bilan bezatilgan shunday shior osilgandi: «Yangi hokimning umri boqiy bo‘lsin!»
Minbarni bor soxt-sumbati bilan egallab olgan semiz kishi shunday qichqirardi:
— Yangi hokimimiz hamshaharlarimiz qalbini o‘zining ishchanligi, adolatparvarligi, oliyjanobligi bilan zabt etdi.
Darg‘azab Rasimbey oldinga tashlanadi, semizning qo‘lidan ma’ruza matnini tortib olib, yirtib tashlaydi.
— Menga bunaqa paxta qo‘yishlar kerak emas!- deb na’ra tortadi.
-Vatandoshlar!- dedi bunga javoban sepkilli yigit.- Siz umringizda shunaqa kamtarin insonni ko‘rganmisiz? Yashasin yangi hokimimiz!
-Yashasin! Yasha- sin!
Gulduros qarsaklar yangradi. Boyoqish Rasimbey xuddi do‘ldan qochgandek ma’muriyat binosiga o‘zini urib yashirindi. Qabulxona hokimni tabriklash uchun kelganlar bilan gavjum edi.
— Buyursinlar!- yoshgina yigit qo‘l qovushtirib, buyruqqa mahtal turardi.
— Hech kim Sizchalik o‘z ishiga bu qadar yuksak mas’uliyat bilan yondoshmagan! – dedi qotma chol.
— Xudo haqqi qasam ichib aytamanki, men iste’foga chiqib ketaman! – achchig‘landi Rasimbey.- Ko‘zimdan yo‘qolinglar!
Tashrif buyurganlar qo‘rqa-pisa tashqariga chog‘lanishdi:
— Bir og‘iz so‘zingiz!
— Xizmatingizga muntazirmiz! Har qanday buyrug‘ingizni bajargaymiz.
Rasimbey chor-nochor ux tortdi: «Yo olloh!»
— Damingizni oling, afandim! – g‘amxo‘rlik bilan maslahat berdi sepkilli kishi.
— Ketinglar!- qichqirdi hokim.
Ishlashga imkon yo‘q edi. Rasimbey ko‘chaga chiqdi.
— Chetlaninglar! Hokim kelmoqda! – qandaydir bir yosh yigit yo‘lovchilarni tarqata boshladi.
Rasimbey ming mashaqqat bilan uyiga yetib oldi. Shu kuni u hech qayoqqa bormadi. Ertasi kuni u shaharda chiqadigan ikkita gazetadan keltirishni so‘radi. Bu gazetalar birinchi sahifalarida uning yirik fotosuratini bosib chiqargandi. Ulardan birida shunday tagso‘z bitilgandi: «Hamyurtlar faxrlanadigan buyuk zakovot egasi», boshqasida esa « Jahondagi eng ishchan hokim» deb yozilgandi.
Oqshomda uyiga kelishdi:
— Janoblariga qay biri ma’qul – raqqosalar uyingizga kelishsinmi yoki kazinoga o‘zlari tashrif buyuradilarmi?
-O‘zim boraman,- dedi Rasimbey.
— Biz hokimimiz bilan bir havodan nafas olayotganimizdan benihoya faxrlanamiz, – dedi kazinodagi yosh notiq yigit. U yarim soat nutq irod qildi. Rasimbey uning so‘zini bo‘lmadi.
Notiqdan keyin ko‘zoynakli odam so‘z oldi.
— Bizning hokimimiz oliyjanoblikning yorqin timsoli ekanligidan mamnunmiz!
… Oradan bir yil o‘tdi. Ko‘zoynakli odam, semiz kishi va qotma chol o‘zaro gurunglashishardi.
– Biz u bilan hech narsaga erisholmaymiz! Axir jinni bilan bir ish qilib bo‘ladimi?!
— Ha, ha, u — g‘irt jinni!
— U oldingilardan ham battar ekan. Hokim emas, boshimizga bitgan bir balo bo‘ldi.
— Xuddi tog‘ni talqon qilgandek maqtanishini aytsangchi.
— Go‘yo o‘zidan boshqa bu dunyoda hech kim yo‘qdek.

— Buyuklik kasalining o‘zginasi!

— Tutqanog‘i ham bor. Ular asli shunaqa bo‘ladi, men aniq bilaman.

— Endi uni nima qilsak ekan? Nahotki yangi saylovgacha chidab yursak?

— Qanaqasiga chidashimiz kerak ekan? Uning joyi – jinnixona. O‘z uyida muzey ochganiga o‘lasanmi? Maydonda haykalini o‘rnatishga qaror qilganichi!

– Kecha qabuliga iltimos bilan kelgan bir odamning yuziga tufladi.

– O‘tgan tuni stolda qip-yalong‘och raqsga tushibdi.

– Nima qilsak ekan?

– Do‘xtirdan jinniligi haqida ma’lumotnoma olib, jinnixonaga tiqib qo‘yish kerak.
– Vaqtni boy bermaylik, – dedi ko‘zoynakli xursand bo‘lib. – Xudo ko‘rsatmasin yana birontasiga tashlanib qolsa…

– To‘ppa-to‘g‘ri!
– Ertalab, tong saharda qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, jinnixonaga eltamiz. Shundan keyin yangi saylovni belgilaymiz.

– Juda soz! Darvoqe, endi kimni hokim qilamiz*

– O-o, endi ehtiyot bo‘lamiz! Bu gal aqli hushi joyida bo‘lgan odamni saylashimiz kerak.
– Ha, ha… biz bunaqa jinnilardan rosa to‘ydik!..

Muallif: Aziz NESIN

Tarjimon: Shodmon Otabek


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Telegraph: Rossiyaning "Oreshnik" raketasini tutib qolish vositalari mavjud emas

Британиянинг The Telegraph газетаси хабар беришича, бугунги кунда Россиянинг ўрта масофага учувчи «Орешник» баллистик ракетасини тўхтатиб қолиш имкони йўқ.

Xitoy Eron–AQSh kelishuvi bo‘yicha bayonot berdi

Хитой Ташқи ишлар вазирлиги Эрон ва АҚШ ўртасидаги можарони ҳал қилиш бўйича келишув якунланиш арафасида эканини маълум қилди.

O‘zbekistonning guruhdan chiqish imkoniyati juda past (Opta)

"Opta Sports" таҳлилий сайти ЖЧ-2026 иштирокчиларининг имкониятларига баҳо берди.

Eron uran zaxiralarini Xitoyga eksport qilishga rozi bo‘ldi

Саудиянинг Al Hadath телеканали юқори мартабали манбаларга таяниб хабар беришича, Эрон юқори даражада бойитилган уран захираларини Хитойга топшириш шарти билан уларни ўз ҳудудидан олиб чиқишга тайёр.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.