Obid Asomov shifoxonada. Ammo bu yurak huruji emas

Obid Asomov shifoxonada. Ammo bu yurak huruji emas

11 dekabr kuni bir qancha internet-nashrlarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov og‘ir yurak xuruji bilan shifoxonaga yotqizilgani haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi va bu shubhasiz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini tortdi. «Daryo» muxbiri Mirolim Isajonov Obid Asomovning ayni paytdagi ahvoli qandayligiga oydinlik kiritdi.

Shu yilning may oyidan «Multipikasion filmlar studiyasi» DUK direktori lavozimida ish boshlagan taniqli so‘z ustasi, aktyor va rejissyor Obid Asomovning hozirgi holatini bilish maqsadida uning shaxsiy telefoniga qo‘ng‘iroq qildik. Go‘shakni qiziqchi O‘tkir Muhammadxo‘jayev ko‘tarib, quyidagicha javob berdi:

«Haqiqatan ham, Obid akam kechadan buyon poytaxtdagi 1-son shahar klinik shifoxonasida davolanmoqda. Ammo ayrim saytlarda yozilganidek, og‘ir yurak xurujini boshdan kechirgani yo‘q. Yengil shamollagani tufayli shifokorlar «Agar to‘y va tadbir xizmatlaringiz kamroq bo‘lsa, bir necha kun yotib davolaning» deyishdi. Shu tufayli ayni paytda sog‘lig‘ini tiklamoqda. Hozir ahvoli yaxshi hamda vahima qiladigan darajada emas».

22 oktyabr kuni o‘zining 55 yoshini qarshilagan Obid Asomovga tahririyat a’zolari va minglab muxlislari nomidan tan-sihatlik tilab qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!