OAV: Xitoy «mikroto‘lqinli qurol» ishlab chiqmoqda

OAV: Xitoy «mikroto‘lqinli qurol» ishlab chiqmoqda

Xitoylik olimlar mikroto‘lqinli radiolokasiya stansiyasi tamoyili asosida ishlaydigan yangi harbiy texnologiyaning ustida ishlamoqda. Bu haqda Korrespondent.net xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ushbu ishlanmaga ommaviy qirg‘in quroli sifatida qaralmasligi kerak. Uni terrorizmga qarshi kurashda va davlat chegaralarini himoya qilishda qo‘llash rejalashtirilmoqda.

Rasmiy ravishda, loyiha Faol himoyaning mikroto‘lqinli tizimi deb ataladi. Ushbu qurol teri ostidagi asab tolalarini falaj holga keltirish va dushmanda og‘riq uyg‘otish orqali nishon ni zararsizlantiradi. Shunday qilib, terrorchilar yoki boshqa tajovuzkorlar faol harakat qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, qurolning tashqi ko‘rinishi shahar texnik xizmatining mikroavtobuslaridan farq qilmaydi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, ular ikki xil turdagi qurol ishlab chiqargan. Biri alohida shaxslarni zararsizlantirsa, ikkinchisi butun bir guruhni yaroqsiz holga keltiradi.

Mikroto‘lqinli qurol bir qancha malakali bo‘lim va xizmatlarning nazorati ostida sinovdan o‘tkaziladi. Sinov natijalari va jarayoni maxfiy bo‘lsa ham, asosiy qurol yengil vaznga egaligi, ixchamligi, va shuning uchun dushmanni zararsizlantirish operasiyalarida keng qo‘llanilishi hozirdan ma’lum.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!