OAV: Armanistonning hukmron partiyasida Pashinyandan norozilik bor, iste’folar kutilmoqda

OAV: Armanistonning hukmron partiyasida Pashinyandan norozilik bor, iste’folar kutilmoqda

Armanistonning hukmron “Fuqarolik kelishuvi” partiyasining ayrim a’zolari siyosiy tashkilotdan iste’foga chiqishi kutilmoqda.

Bu haqda Armanistonning “Past” nashri yozdi.

Ma’lum qilinishicha, ko‘plab siyosatchilar bosh vazir Nikol Pashinyan siyosatidan norozi: “Fuqarolik kelishuvining ba’zi a’zolari jamoatchilik oldida chiqishdan uyalishlarini aytishadi”.

Kelajakda partiya safi siyraklashishi mumkinligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Armanistonda hukumatga qarshi aksiyalar bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar N.Pashinyan iste’fosini talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!