OAV: Afrikada aniqlangan virus xalqaro epidemiyaga aylanishi mumkin

OAV: Afrikada aniqlangan virus xalqaro epidemiyaga aylanishi mumkin

Olimlar G‘arbiy Afrikada joylashgan Ekvatorial Gvineyaning savdo portlaridan birida aniqlangan marburg virusi 2014 yilgi ebola virusi kabi xalqaro epidemiyaga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda “The Telegraph” xabar berdi.

Qayd etilishicha, dastlab ko‘rshapalaklarda aniqlangan gemorragik isitma Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) mintaqaviy epidemiyalarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan xavfli yuqumli kasalliklar ro‘yxatiga kiritilgan.

Garchi olimlar to‘liq pandemiya bo‘lishini taxmin qilmayotgan bo‘lsada, 2014 yilda G‘arbiy Afrikada ebola virusi tarqalgani kabi ssenariydan ogohlantirmoqda. O‘shanda mintaqadagi Syerra-Leone, Liberiya va Gvineyada epidemiyadan 11 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan va virus boshqa hududlarga ham tarqalgan edi.

Hozirda Ekvatorial Gvineyada marburg virusidan kasallanishning 4 ta holati qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!