Nurmagomedov Makgregor bilan jang uchun rekord miqdorda gonorar oladi

Nurmagomedov Makgregor bilan jang uchun rekord miqdorda gonorar oladi

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdumannop Nurmagomedov so‘zlariga ko‘ra, irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jang uchun o‘g‘li aralash yo‘nalishlarda ishtirok etuvchi rossiyaliklar orasida rekord miqdorda gonorar oladi.

«Makgregor bilan jang qilish uchun Habib aralash yakkakurashlar ishtirok etuvchi rossiyalik jangchi uchun rekord summani oladi. Jangchilar aynan qancha gonorar olishi rasman e’lon qilinishini kutamiz, buni UFC ma’lum qiladi», - deya Abdumannop Nurmagomedovning so‘zlarini keltiradi «RIA Novosti».

Avvalroq, rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasidagi jang 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi xabar berilgandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!